"Real Madrid" yosh futbolchilar transferdan himoya qilmoqchi.
So'nggi yillarda "Barselona" klubining yosh umidli futbolchilar boshqa jamoalarga o'tib ketmoqda. Qishgi transferlarda kataloniyaliklar safini Erik Garsiya "Manchester Siti"ga, Xordi Mbula - "Monako", Serhio Gomes - "Borussiya Dortmund" safiga borib qo'shildi.
Madridliklar esa "Barselona"ning bu xatolarini takrorlashni istamayapdi. "Qirollik klubi" akademiyasidagi futbolchilarning tovon pulini 30 mln yevro qilib belgilamoqchi. Shuningdek, "Madrid" 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ichida kuchliroq, iste'dodli deb bilgan futbolchilarning narxini esa 50-60 mlnga ko'tarmoqchi.
Ma'lumot uchun, "Real" akademiyasida ta'lim olayotgan paytlari Xuan Mata "Valensiya" va Axel Poso "Manchester Siti"ga o'tib ketishgan edi.
Yosh futbolchilarning tovon puli oshirilgani bilan bu degani ularning maoshi ko'tariladi degani emas. Yangi qarorga ko'ra "Kastilya"da to'p surayotgan har bir futbolchi eng ko'pi bilan bir mavsumga 250 ming yevro maosh olishi mumkin.