"Real" rahbariyati klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan shartnoma sistemasini qayta ko'rib chiqmoqda.
Madridliklar futbolchilar 16 yoshga to'lishi bilan ularga 30 million evrodan tovon puli belgilamoqda, yanada iqtidorliroq yoshlar uchun 60 million evro tovon puli belgilanishi mumkin, deya xabar beradi Marca.
Yosh futbolchilarni maoshi juda katta bo'lmaydi. Ayni vaqtda "Kastilya" futbolchilarining yillik maoshi 250 ming evrodan oshmaydi va bu o'zgarmas miqdordir.