Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xabi Alonso: «Real»dan qochmaganman» (intervyu)

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Xabi Alonso faoliyatini yakunladi. 

.
- Yuklab olish

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Xabi Alonso faoliyatini yakunladi. 35 yoshli futbolchi hozirga qadar «Liverpul», «Real» va «Bavariya» kabi grandlar sharafini himoya qildi, ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi. Yaqinda Ispaniyaning El Pais nashri futbolchi bilan suhbat uyushtirdi.

- Yoshingiz o'tgan sari nimalarni o'zlashtirdingiz?

- 27 yasharligimda 35ga kirsam tezligim pasayadi va hech kimga keragim bo'lmay qoladi, deb o'ylardim. Lekin barchasi boshqacha tarzda kechdi. Yoshim o'tgani sari o'yinni yaxshi tushunadigan, his qiladigan bo'ldim.

- «Real»dan xuddi qochayotgandek ketgansiz...

- Ketishim hech qachon qochishni eslatmagan. Shunchaki, Madridda besh mavsum to'p surdim, Chempionlar Ligasida zafar quchdim. Aslida, barchasi qoniqtirayotgandi. Lekin kuchimni o'zga mamlakatda, Evropaning boshqa bir grand klubida sinab ko'rishga qaror qildim. Boz ustiga, Pep Gvardiola uning jamoasiga o'tishimni juda istagandi. Xullas, shu tariqa «Bavariya» taklifiga darhol ijobiy javob qaytardim. Bunday qarorga kelishimga, yuqorida aytib o'tganimdek, o'z kuchimni boshqa bir buyuk klubda sinab ko'rish ishtiyoqi sabab bo'ldi. Bu qaysidir ma'noda men uchun yangi chaqiruv edi. Jamoadan formam eng yuqori cho'qqiga etganda ketish kerakligini hamisha ta'kidlab kelganman. Aytishim mumkinki, «Real»ni qiyin ahvolda tashlab ketmadim. Balki Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan klubni tark etdim.

- Shunday qarorga kelishingizga EChLdagi g'alabaning ta'siri bo'lganmi?

- Bu - klublar uchun muhim sovrin. Chempionatda, kubok bahslarida g'olib chiqish mumkin, lekin aynan Chempionlar Ligasidagi g'alaba ko'proq tilga olinadi. Misol uchun, «Real» bazasida EChLda g'olib chiqqan futbolchilarning suratlari osib qo'yilgan.

- «Real»ga o'tishingizdan oldin «Barselona» varianti ham bo'lganmi?

- «Liverpul» meni sotishga qaror qilganida, Rafael Benites va Pep Gvardiola kelajagim borasida gaplashishgan. Xosep bu haqda «Bavariya»ga o'tganimdan keyin aytib berdi. Unga o'yinim yoqardi va o'z jamoasi safida ko'rishni istagan. Lekin o'shanda Serxio Buskets o'zini ko'rsatgan. Natijada Pep unga ishonch bildirgan. Umuman olganda, mutaxassis adashmagan ekan.

- Faoliyatingiz davomida jiddiy qo'pollik ishlatgan holatlaringiz bo'lganmi?

- Ko'p emas-u, lekin bo'lgan. Terma jamoamiz Islandiyaga qarshi o'ynayotgandi. Ehtirosga berilib, raqib futbolchisini urib yuborganman. O'shanda ahmoqlik qilganimni bilganman. Referi ko'rmadi, deb o'ylagandim. Ammo qanot hakami barchasini kuzatib turgan ekan. Natijada, 20-daqiqada islandlar 1:0 hisobida oldinda borayotgan bir paytda meni maydondan chetlatishgan. Faqatgina Andres Inesta hisobni tenglashtirganidan so'ng o'zimga kelganman. Yana bir holat JCh-2010da yuz bergan. Paragvayga qarshi uchrashuvda penaltini amalga oshirganman. Hakam esa uni qayta tepishimni buyurgan. 11 metrli nuqtaga ikki marta yaqinlashish katta ruhiy bosim yuklaydi. Xullas, gol urolmadim. Yaxshiyamki, David Vilya o'yin oxirida to'p kiritib, g'alabamizni ta'minlagan.

- Ko'pincha qo'pol o'ynardingiz...

- Maydonda sizga nimalar deyishmaydi?! Agar raqib futbolchisi qo'pollik ishlatsa, shunday javob qaytarishga majbursiz. Bu ham o'yinning bir qismi. Ammo men biror-bir hamkasbimni ayblamaganman. Maydonda o'ta qo'pol ko'ringani bilan uning tashqarisida yuvosh bo'lgan ko'plab futbolchilarni bilaman. «Klasiko» bahs­laridan so'ng «Barsa»ning 95 foiz muxlisi meni yomon ko'rardi, hattoki, «qassob» degan laqab ham qo'yishgan. Lekin men shunchaki, o'z klubim sharafini himoya qilganman.

- Xosep Gvardiola va Karlo Anchelottining qay biri taktikaga jiddiy e'tibor qaratadi?

- Umuman olganda, Karlo «Bavariya»­da ham xuddi «Real»dagi kabi ochiqko'ngil. O'z navbatida, turli taktik sxemalarga ko'proq e'tibor qaratadigan bo'ldi. Balki undan oldin Pep Gvardiola ayni tarzda ishlagani uchun shu yo'lni tanlagandir?!

- Aytishlaricha, Anchelotti kelgach, Tyago Alkantara va Robert Levandovskining o'yinida o'sish kuzatilgan...

- Levandovski jahonning eng kuchli markaziy hujumchilari uchligiga kiradi. Tyago ham haqiqatan o'sdi. U brazilcha usullarni nemis futboliga olib kirdi, deyish mumkin.

- Otangiz Periko Alonso bir paytlari Maradona bilan birga «Barselona»da o'ynagan...

- Ha, o'shanda Kataloniya grandini Sesar Luis Menotti boshqargan. Otam Maradonadek mohir futbolchini ko'rmaganman, deb ko'p ta'kidlaydi. «Barselona»ga o'tganida juda yosh bo'lgan. Ammo o'shandayoq uning dahoga aylanishi sezilib turgan.

- Futboldagi «cho'qintirgan otangiz» Jon Toshak emasmidi?

- Umuman olganda, debyutim Xaver Klemente qo'l ostida bo'lgan. O'shanda 19 yoshda edim. Bu mutaxassis unchalik ishonch bildirmagan. Mavsum yakunlanganidan so'ng otamdan «O'g'lingni «Eybar»ga ijaraga berishimizga qanday qaraysan?» deb so'ragan. Otam bunga qarshilik qilmagan. Shu tariqa klubimni almashtirganman. Keyinchalik Toshak Xoseba Lorente va meni «Real Sosedad»­ga qaytargan. Umuman olganda, Jon qiziq odam bo'lgan. U «Liverpul»da afsonaga aylangan va futbolchilik davrini hech unutmagan. Bill Shenkli vafot etganida, Toshak «Suonsi»ni boshqarardi. Bu xabarni «Enfild»da «Liverpul»ga qarshi o'yin oldidan eshitgan. Natijada jamoalar bir daqiqalik sukut saqlash maqsadida maydon markaziga to'planishgan. O'shanda Toshak pidjagini echib, Shenkli davrida «Liverpul»da kiygan futbolkasini egniga ilib olgan ekan.

BestMaster
31 May 2017, 14:29
alonso, «real»dan, qochmaganman», intervyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads