“Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn jamoani tark etishi mumkin. London klubi rahbariyati 24 yoshli hujumchini sotishga tayyor, faqat 200 mln evrodan kamiga emas.
Ta'kidlash kerakki, Keynga “Real” jiddiy qiziqyapti. Madrid klubi yozda angliyalik hujumchi uchun 226 mln evro bermoqchi.
Keynning amaldagi shartnomasi 2022 yilda tugaydi.