"Yunayted" darvozabonni qo'yib yuborishga tayyorlanmoqda.
"Manchester Yunayted" rahbarlari darvozabon David De Xeaning klubdan ketishi mumkligi borasida jiddiy ravishda xavotirlanishmoqda. "Real Madrid"ning De Xeaga qiziqayotgani borasidagi mish-mishlardan so'ng, darvozabon "MYU" bilan yangi shartnomaga imzo chekishga shoshilmayapdi. Ispaniyalik darvozabonning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2019-yilda yakuniga yetadi.
Mankunianliklar Jahon chempionatidan so'ng "Madrid" David borasida taklif bildirishini tahmin qilmoqda.
Kezi kelganda shuni ham qo'shimcha qilish kerakki "qizil iblislar" De Xeaning ketish mumkinligini sezgan ravishda allaqachon iste'dodli darvozabon Mateya Kovar bilan muzokaralarni boshladi. Kovar ushbu yozda Manchesterliklar safiga o'tadi.