Madridning "Real" klubi sharafini himoya qilayotgan 10 nafar futbolchi joriy mavsum La Ligada o'z nomiga golli uzatma yozdirib qo'yishga ulgurdi.
Ushbu ro'yhatga hozircha so'nggi bo'lib Mateo Kovachich qo'shildi. Xorvatiyalik futbolchi "Valensiya"ga qarshi bahsda Kroos tomonidan kiritilgan golga hammualliflik qildi.
Umuman olganda joriy mavsum "Real" safida eng ko'p assistentlik Isko hamda Asensioga tegishli bo'lib, har ikki Ispaniyalik futbolchi ham 4 marotabadan gol bilan yakunlangan uzatmani amalga oshirgan. Marselo, Kroos, Ronaldu hisobida 3 tadan assistentlik mavjud bo'lsa, Vaskez hamda Benzema 2 marotabadan sheriklarini golli uzatma bilan ta'minlaganlar. Shuningdek, Beyl, Casemiro hamda Kovachichda ham La Liganing joriy mavsumida bittadan assistentlik mavjud.
RealBlancos