Bugun "Alaves" himoyachisi va "Atletiko Madrid"ga tegishli bo'lgan futbolchi Teo Ernandez Madridga tashrif buyurdi va "Real Madird" tibbiy ko'rigidan o'tdi. Bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi.
Futbolchi "Qirollik klubi" bilan 5 yillik shartnomaga kelishib oldi, transferning rasmiy tarzda e'lon "Alaves" va "Barselona" o'rtasidagi Qirol kubogi finalidan so'ng e'lon qilinadi. Bu final uchrashuvi 27-may kuni bo'lib o'tadi. Futbolchining shartnoma bandida ko'rsatilganidek "Real" "Atletiko"ga 24 mln yevro to'laydi, futbolchining o'ziga esa yiliga 3,5 mln yevro maosh ajratadi.
Oldinroq berilgan ma'lumotda "Barselona" ham futbolchini o'z safida ko'rishni istayotgan edi va futbolchining agenti Manuel Garsiya Kilon bilan uchrashuv o'tkazishgandi. Biroq fransiyalik 19 yoshli chap qanot himoyachisi faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi ekanligini aytib o'tdi.