«PSJ» hujumchisi Neymar «Real» prezidenti Florentino Peresga ilk shartini e'lon qildi. Ma'lumki, madridliklar xo'jayini braziliyalik futbolchini o'z jamoasi safida ko'rishni istayapti.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, 25 yoshli hujumchi qirollik klubi rahbaridan, o'zini dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi qilishni so'ragan. Ya'ni Neymar, Madridda yiliga kamida 50 million evro maosh olishni istayapti.