«Real» sardori Serxio Ramos Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan «Yuventus»ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini aytdi.
«So'nggi haftada ko'p mehnat qildik. Biz «Yuventus»ga qarshi o'yinga ruhan va jismonan tayyormiz. Biz g'alaba qozonib, rekord o'rnatmoqchimiz. «Yuventus»ga qarshi o'ynash oson bo'lmagan va bu bellashuv ham murakkab kechadi. Biz Chempionlar ligasida qatorasiga ikki marta g'alaba qozongan ilk klubga aylanmoqchimiz» - dedi Ramos klub rasmiy saytida.
Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan «Yuventus» – «Real» o'yini 3 iyun kuni o'tkaziladi.