"Real" himoyachisi Fabiu Koentrau lissabonning "Sporting" klubiga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Record.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchi avval "Benfika"da birga ishlagan murabbiyi Jorji Jezush bilan birga ishlmoqchi. Koentrau aynan "Benfika"dan madridliklar safiga o'tgan.
Kelishuv EChL finalidan so'ng amalga oshishi kutilmoqda.