La Liga prezidenti Xaver Tebas Sport Press Awards marosimida "PSJ" forvardi Neymar La Ligaga qaytishini istashani va yangi mavsum videotakrordan foydalanilishini rasman tasdiqladi.
"Biz Neymarni ispan futboliga qaytishini xohlaymiz. Qaysi jamoa ekanligini muhim emas, ammo muhimi Neymarning bu yerda bo'lishi. Ispaniyada eng kuchlilar to'p suradi, Neymar esa ulardan biri bo'la oladi. Keyingi mavsumda Ispaniyada video takror tizimidan foydalaniladi", - deydi prezident.