Baskoniyaning "Alaves" klubi "Real Madrid" yarimhimoyachisi Markos Llorenteni ortga qaytarishni reja qilmoqda. "Alaves" jamoasi hozirda "Madrid"ga taklif jo'natgan va transfer oynasining so'nggi daqiqalarigacha "Qirollik klubi"ning javobini kutadi. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa mavsum o'rtasida klubdan hech kimni istamasligini aytib o'tgan edi.
Shuningdek, Markos Llorentega "Deportivo" va "Nyukasl Yunayted"dan ham qiziqishlar bo'lmoqda. Madridliklarning sobiq ustozi Rafael Benites shaxsan o'zi Llorentega qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi o'tgan mavsum ijara asosida "Alaves" tarkibida to'p surgan edi.