"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri EChL finalida "Real" bilan uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yingacha vaqtimiz bor, barcha variantlarni o'rganib chiqamiz. Biz jismonan va ruhan juda yaxshi holatdamiz, bundan yaxshisi bo'lmaydi. Etuklik? Biz bu borada ancha o'sdik. Endi biz murvatdan qanday foydalanishni bilamiz. Uni doim yoqiq holatda tutib bo'lmaydi, uni kerakli vaqtda yoqish kerak. Eng asosiysi shanba kuni bizning murvatimiz yoqilgan bo'lsin. Biz hammamiz o'sdik, rahbariyatdan tortib futbolchilargacha. Men ham o'sdim, biz hammamiz birgalikda o'sdik.
"Real"? Asosiy tarkibdan tashqari ularning zaxirasi ham a'lo... Asensio, Morata va boshqalar. Kazemiro jamoaga ajoyib muvozanat beradi. Beyl yoki Isko maydonga tushadigan bo'lsa, nimadir o'zgarishi aniq. Ular mavsumning ikkinchi yarmida ancha o'sdilar, bu bilan Zidanni tabriklayman", - deydi Allegri.