"Real" yarimhimoyachisi Toni Kroos La Liganing so'nggi turida "Valenaiya" darvozasini ishg'ol etgan holda Madriddagi gollari sonini 10 ta yetkazib oldi.
O'zining aniq uzatmalari orqali jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib olgan Germaniyalik pleymeyker 10 ta golidan 9 tasini o'ng oyog'ida kiritgan bo'lsa, yana bitta golni o'zi uchun noodatiy bo'lgan chap oyoqda amalga oshirgan. U uchun eng sevimli jamoa "Selta" klubi hisoblanadi. Toni Vigo jamoasi darvozasiga 3 ta to'p kiritishga erishgan. Shuningdek "Sevilya" posbonini 2 bor ranjitgan bo'lsa, "Rayo Valekano", "Atletik", "Napoli", "Deportivo" hamda "Valensiya" klublari Kroosning kamdan-kam beradigan zarbalari sabab jabr ko'rganlar.
RealBlancos