"Real Madrid"ning Qirol kubogidan chiqish "PSJ" bilan o'yindan oldin qo'l kelishi mumkin.
Sababi madridliklar "PSJ" bilan o'yindan oldin 2 ta o'yindan qutilishdi. Gap shundaki parijliklar ertaga Fransiya kubogi doirasida "Renn" bilan javob o'yinini o'tkazadi. Shundan so'ng Neymar-Kavani-Mbappe uchligi Fransiya chempionatida "Lill" bilan kuch sinashadi. Keyinchalik Fransiya kubogi 2-bosqichida (seshanba kuni) "Sosho" bilan, shanba kuni esa "Real" bilan o'yindan oldin yakuniy baxs "Tuluza"ga qarshi o'tkaziladi. Bu degani "Parij" "Real"ga qadar 360 daqiqa to'p suradi.
"Madrid" esa "PSJ" bilan o'yindan oldin "Levante" hamda "Real Sosedad" bilan o'yin o'tkazadi (180 min). Bu ortiqcha charchoqni keltirib chiqarmasligi kutilmoqda.