"Chelsi" o'z yarimhimoyachisi Eden Azarni "Manchester Siti"ga qo'yib yubormaydi.
Londonliklar hatto 200 million funt taklif qilgan taqdirda ham belgiyalik futbolchini manchesterliklarga sotmaydi. Avvlroq "Siti" yozda Azarni qo'lga kiritishni ko'zlayotgani va buning uchun 150 million funt tayyorlab qo'ygani haqida xabar qilingan edi.
"Chelsi" rahbariyati Azar bilan shartnomasini uzaytirishga umid qilyapti va unga haftasiga 300 ming funt maosh taklif qilmoqchi.
Ta'kidlash joiz, Belgiya terma jamoasi yarimhimoyachisga "Real" ham qiziqmoqda va uni 2018 yilning yozida qo'shib olishga harakat qilmoqchi.