"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe "Lion"ga qarshi o'yinda orttirib olgan jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi. Forvard Fransiya chempionati navbatdagi uchrashuv qaydnomasiga kiritildi.
"Mbappe o'ynashni xohlaydi, lekin shifokorlar bizdan extiyot bo'lishimizni so'radi. Bo'lajak uchrashuvda biz uning formasini tekshrib olamiz", - deydi Unai Emery.
Bu orqali Mbappe "Real"ga qarshi dastlabki uchrashuvdanoq maydonga tushishi mumkin. Eslatib o'tamiz, ilk o'yin 14-fevral kuni "Santiago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.