Fransiyalik himoyachi Rafael Varanni jismoniy xolati bezovta qilmoqda. Markaziy himoyachi 21-tur doirasida "Valensiya"ga qarshi kechgan uchrashuvda o'zini yomon xis etgan. Xose Gaya bilan to'qnashuvda Varanning o'ng oyoq tizzasi jarohatlangan va shu sababi kechagi mashg'ulotni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.
2012-yildan beri Rafaning o'ng oyoq tizzasi muntazam jarohat olib kelmoqda, xattoki futbolchi o'sha joyidan operatsiya qilinishga ham majbur bo'lgan edi.
Varanning bu jarohati Chempionlar Ligasi "PSJ"ga qarshi uchrashuvdan oldin katta yo'qotish bo'lishi mumkin. Shundog'am tarkibda markaziy himoyachilar Xesus Valexo va Serhio Ramoslarning jarohati yetarlicha bo'ldi. Boshqa bir markaziy himoyachimiz Nacho esa "PSJ"ga qarshi uchrashuvda Daniel Karvaxalning o'rnini egallashi kerak. Sababi Karvaxal UEFA tomonidan bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilingan.