"Monako" hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham bilan o'z kelajagi, shu jumladan "Real"ga o'tish borasida maslahatlashadi, deya xabar beradi AS.
"Deshamning fikri men uchun ahamiyatli bo'ladi. Bu Desham men uchun qaror chiqaradi, degani emas, ammo uning maslahatiga quloq solaman. Buning uchun uning ofisiga bormoqchi emasman. Terma jamoada hammasi haqida o'ylab olish uchun etarli vaqtim bo'ladi", - deydi Mbappe.
Frantsiya termasi 2 iyun kuni Paragvay va 13 iyun kuni Angliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 9 iyunda esa Shvetsiya bilan JCh-2018 saralashida o'ynaydi.