Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich “Valensiya”ga qarshi o'yin (1:4) dan so'ng “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidanni qo'llab-quvvatladi.
“Zidanga ishonchsizlik bilan yondoshish? Bu shunchaki tentaklik. Zidan jamoa uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Futbol oq va qora chiziqlardan iborat, ba'zida omadli yoki uning teskarasi boshimizdan o'tadi. Bunday kunlarda birgalikda turishmiz kerak.
PSJga qarshi uchrashuv? Menimcha ular “Real”ga hurmat bilan yondoshishadi. Biz bilan o'ynash murakkab ekanligini barcha jamoalar bilishadi. O'yinga etarlicha tayyormiz deb o'ylayman. Futbolda qo'rqish hissiyoti bo'lmasligi lozim. EChLni ikki marta qo'lga kiritdik, nimaga qo'rqishimiz kerak?”, - deydi Modrich.