Frantsiyaning PSJ klubi hujumchisi EChLni 1/8 finalida “Real”ga qarshi o'chrashuvdan oldin “qirollik klubi”ning eng xavfli futbolchisi Ronaldu ekanligini ma'lum qildi.
“Krishtianuga hurmatim baland. U faoliyatida ko'plab cho'qqilarni zabt etdi. Ronaldu ko'zguga o'xshaydi. Chunki yosh futbolchilar unga qarab ko'p narsani o'rganishlari mumkin. Messi va Ronalduning 10 yil ichida qilgan ishlariga bir na'zar soling. Barcha futbolchilar ularga o'xshashni xohlashadi. Ammo Madrid faqatgina Ronaldudan iborat emas. Bu jamoada ko'plab iqtidorli futbolchilar bor”, - deydi Neymar.