Madridning “Real” klubi rahbariyati “PSJ” hujumchisi Neymardan hali umidlarini uzmaganligliklarini ma'lum qilishdi. Xabarlarga ko'ra “qaymoqranglilar” 25 yoshli futbolchiga munosib taklif bilan chiqishmoqchi.
Ya'ni “Real” braziliyalik futbolchining yillik maoshini “PSJ”dagiga ko'ra pasaytirmoqchi. Lekin, u shartnomaga qo'l qo'yishi uchun katta mukofot puli ajratishni rejalashtirishgan.
Neymar “PSJ”da yiliga 37 million evro maosh oladi. Sobiq jamoadoshi Messi esa yiliga 50 mln evro ishlaydi. “Real” tarkibida eng ko'p maosh oladigan futbolchi Ronaldu hisoblanadi, u yiliga 21 million evro ishlaydi. Madridliklar 32 yoshli futbolchini Neymarning transferiga qo'shishmoqchi.