"Betis" bosh murabbiyi Enrike Seten yaqinda "Real" yarimhimoyachisi Daniel Sebalos haqida aytgan gaplariga izoh berdi
Murabbiy futbolchining "Qirollik klubi"da baxtiyor emasligini aytgan edi.
"Menga Sebalos xafaday ko'ringan edi. Almashtirganlaridan so'ng uni zaxira o'rindig'idagi holatini ko'rib, shu xulosaga kelgan edim. Bu mening fikrim. Ammo Sebalos o'zin "Real"da baxtiyor ekanini aytdi. Juda yaxshi. AGar adashgan bo'lsam - yanada yaxshi", - deydi Seten.
Sebalos ushbu mavsum starti oldidan "Betis"dan "Real"ga o'tgan edi. Primeraning 21 turida u 6 marta maydonga tushda, shulardan 2 tasida boshlang'ich tarkibda va 2 ta gol urgan.