Myunxening “Bavariya” klubi rahbariyati “Real” jamoasi hujumchisi Garet Beyl xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko'ra “myunxenliklar” 28 yoshli futbolchini yozgi transferlar vaqtida sotib olishni rejalashtirishgan.
Ammo Garetning tovon puli ularni qoniqtirmayapti. “Qirollik klubi” Beylni 200 million evrodan kamiga sotmasliklarini ma'lum qilishgan.
Uelslik futbolchini “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan. Uning tovon puli esa 500 million evro deya belgilangan.