“PSJ” prezidenti Nosir Al-Xelayfi Neymar atrofidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
“Neymar bizniki, u Parijda baxtli, gollar urayotganidan xursand. Uning besh yillik shartnomasi bor, vaholanki, klubga kelganiga hech qancha bo'lgani yo'q. Neymar ketmoqchi deb o'ylamayman.
“Real” haqidagi mish-mishlar shunchaki kulgili. Ispan matbuoti bilan o'yin boshlash niyatimiz yo'q. Neymarning kelgusi mavsumda ham “PSJ”da qolishiga 100 foiz kafolat bera olamanmi? Yuz foiz emas, 2000 foiz kafolat beraman, u qoladi”, dedi prezident.