“Manchester Siti” “Chelsi” a'zosi Eden Azar uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, shaxsan Xosep Gvardiolaning o'zi Azarni jamoaga olib kelmoqchi. Agar belgiyalik futbolchi “shaharliklar” safiga o'tsa, asosiy tarkib uchun Leroy Sane va Rahim Sterling bilan raqobatga kirishishga majbur bo'ladi.
Azarga “Real” ham da'vogarlik qilmoqda.