"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri xayriya uchrashuvi chog'ida jarohat oldi, deya xabar beradi Football Italia.
"Keksa sinora" maydonida o'tgan uchrashuvning 15-daqiqasida 49 yoshli mutaxassis o'ng oyog'i sonining orqa qismini ushlab, oqsoqlanib qoldi.
Allegrio'yinni davom ettira olmadi, ammo jarohati jiddiy emasligini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, 3 iyun kuni Kardiffda Allegr shogirdlari EChL finalida "Real" bilan o'ynaydilar.