"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasidagi raqobatchilar haqida gapirib o'tdi.
"Hozirgi paytda "Manchester Siti" - dunyoning eng kuchli klublaridan biri. U bilan birga "PSJ" ham. Lekin boshqa jamoalar ham bor, men "Real"ni hisobdan chiqarmagan bo'lar edim. Ularda futbol masterlari va tajribali futbolchilar ko'p. Qolaversa, "Bavariya". Ular ham ajoyib jamoa, oxirigacha kurasha oladigan", - deydi Messi World Soccer nashriga bergan intervyusida.