Ayni payt ijara kelishuvi asosida «Bavariya» sharafini himoya qilayotgan kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges joriy mavsum ChL finalida aynan asl jamoasi - «Real»ga qarshi to'p surish ishtiyoqida yonmoqda.
Harqalay, u xorijlik kasbdoshlarimiz bilan suhbat chog'i voqealar shunday tus olishiga umid bildirdi, shuningdek, faoliyati, madridlik muxlislar va jamoadoshlariga munosabati xususida gapirib berdi.
«Qirollik klubi» kiyinish xonasi haqida
- «Santyago Bernabeu»dagi kiyinish xonasiga doimo tabassum bilan yo'l olardim. Zero, barcha jamoadoshlarimga munosabatim yaxshi edi. O'ylashimcha, ular ham meni yoqtirardilar. Binobarin, hamisha hurmat bilan yondashardilar.
«Madrid» muxlislari haqida
- Muxlislar bilan ham samimiy munosabat o'rnatgandim. Deylik, ularning mehrlarini teran his etardim. Shunday ekan, «Qirollik klubi» ishqibozlariga hurmatim juda baland.
Ha, ular jamoadan faqat va faqat g'alaba talab qiladilar. Bu ayni muddao, chunki men ham hamisha katta muvaffaqiyatlarni ko'zlayman. Madridliklar meni sog'inishyaptimi yoki yo'q - bilmadim...
Faqat shuni aytishim mumkinki, jamoada zimmamdagi vazifalarni a'lo darajada bajarishga intilganman, bu borada kuch-mahoratimni sira ayamaganman. Menimcha, maydonda fidoyilik ko'rsatishim muxlislarga ayon - ular bunga ko'p bora guvoh bo'lishgan.
«Real» bilan xayrlashuvi haqida
- Ochig'i, ketishim oldinroq aniq bo'lgan va «Sevilya»ga qarshi kechgan uchrashuv muxlislar bilan xayrlashish uchun so'nggi imkoniyat edi. Uyga qaytgach, boshqa shaharga ko'chib ketishimizni 4 yoshli qizimga tushuntirishda rosa qiynaldim.
Axir u o'zi o'rganib qolgan muhitdan ayrilishni istamasdi. Esimda, qizalog'im ko'p yig'lagan va ko'z yoshlariga qarash juda og'ir bo'lgandi. Muhimi, o'sha murakkab davr ortda qoldi - vaqt barchasini davolaydi.
Yaqinlarining daldalari haqida
- Yaxshiyamki, oilam doimo yonimda bo'lib, alohida dalda berib turdi. Albatta, onam va sobiq rafiqamdan bag'oyat minnatdorman. Agarda ular samimiy qo'llab-quvvatlashmaganida, o'zimni o'nglashim ancha qiyin kechardi.
Madridga qaytishi haqida
- Ayni payt «Bavariya»da mutlaqo baxtiyorman. Lekin kelajakda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Bugungi hayotim - «Bavariya». Keyingi taqdirim esa yolg'iz o'zimga bog'liq emas.
«Real»ning umumiy munosabati haqida
DAVOMI
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.