"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan madridliklar bilan ishlashda davom etishni istayotgani va bu jamoani o'z uyi deb bilishini ma'lum qildi.
"Mening shartnomam yana bir yil amalda bo'ladi, ammo bu hech narsani anglatmaydi. Men bu jamoada ishlashda davom etmoqchiman, ammo bu maydondagi natijalarga bog'liq. O'ylaymanki, klub bizning ishlarimizdan mamnun. Hozir esa men uchun kelajak - bu shanba kuni, boshqa hech narsa emas.
Menda "Real" DNKsi bor, bu aniq. Bu mening uyim. Meni bu erda har doim sevishgan, o'zim esa klub qadriyatlarini himoya qilganman. Men bu erda o'yinchi, assistent va nihoyat murabbiy sifatida ajoyib tajriba orttirdim. Men har doim "Real" muxlisi bo'lganman, chunki bu mening hayot klubimdir", - deydi Zidan.