"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 21-turida "Valensiya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1) uchrashuvning 78-daqiqasida almashtirilgan huumchi Karim Benzemaning noroziligi haqida fikr bildirdi.
"Hamma futbolchilar almashtirilganlarida jahlga minadilar, ammo bu asosiysi emas. Oxir -oqibat natija muhim va Karim ham hammamiz kabi natijadan mamnun", - deydi Zidan.