"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu La liganing 20-turida "Deportivo" bilan uchrashuvda yuzidan olgan jarohati haqida gapirdi.
Uchrashuvda raqib futbolchisi to'p tepishda adashib, oyog'i bilan Ronalduning yuziga jarohat etkazgan edi.
"O'yinlarda raqiblar ko'pincha meni tepadilar, chunki ularning vazifasi - meni to'xtatishdan iborat. "Deportivo" bilan uchrashuvda omadsiz hodisa bo'ldi. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Hammasi yaxshi, man hamon chiroyliman, ko'rish qobiliyatim avvalgiday aniq. Muammo yo'q", - deydi Ronaldu.
Ronaldu Ispaniya chempionatining 21-turida "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkinligi aytilmoqda.