"Real" prezidenti Florentino Peres jamoani boshqatdan shakllantirmoqchi. Buning uchun u naq 500 million funt sarflab, rekordni yangilamoqchi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, «Real» Neymarni xarid qilish g'oyasidan voz kechdi. Buning o'rniga madridliklar Xarri Keyn, Eden Azar va Davida De Xeani sotib olishmoqchi. Jamoaga «Tottenxem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino olib kelinadi.
"Qirollik klubi" Azar va Keynning transferi uchun "Chelsi" va "Tottenxem"ga 200 million funtdan to'lamoqchi, De Xea esa 100 million funtga tushadi. Shuningdek, Maurisio Pochettino ham «Tottenxem»ni tark etib, Madridga ko'chib o'tishi mumkin.
Bundan tashqari, darvoza chizig'iga zaxira variant sifatida «Chelsi» posboni Tibo Kurtua ko'rib chiqilmoqda. «Manchester Yunayted» David de Xea 100 million funtdan ko'proq pul so'raydigan bo'lsa, Kurtua xarid qilinadi.