Madridning "Real" klubi futbolchilari La Liganing 21-turida ishtirok etish uchun Valensiya shahriga yetib keldilar.
1soatlik parvozadan so'ng Valensiyaga tashrif buyurgan mehmonlarni aeroportda yuzlab muxlislar kutib oldilar va o'zlari istagan futbolchilaridan dastxatlar qabul qildilar. Shundan so'ng "Real" futbolchilari "Palau de la Mar" oteliga jo'nab ketdilar.
Eslatib o'tamiz, "Valensiya"ga qarshi turning markaziy bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 20:15 da "Mestalya" o'yingohida start oladi.
RealBlancos