Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Deportivo”ga qarshi uchrashuvda olgan jarohatidan forig' bo'ldi va jamoaning bugun bo'lib o'tgan umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etgan.
Ronaldu ertaga “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu “Deportivo”ga qarshi uchrashuv yuzidan jarohat olib maydonni tark etgandi.
Ma'lumot uchun, “Valensiya” – “Real Madrid” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.
Ronalduning jarohati qanday sodir bo'ldi?