Frantsiyaning “PSJ” klubi rahbariyati hujumchi Neymar bilan belgilangan shartlarga ko'ra xayrlashishga tayyorligini bildirdi.
Parijliklar prezidenti Nosir Al Helayfi braziyalik hujumchiga agar bu yil “PSJ” Evropa Chempionlar ligasida muvaffiyat qozonsa, shunda “Real”ga qo'yib yuborishga va'da bergan.
25 yoshli futbolchi bu haqda yaqin do'stlarini ogohlantirib, joriy mavsumni Frantsiyada yakunlab keyin Ispaniyaga qaytishni aytib o'tgan.
“Real” rahbariyati Neymarni yozda Madridni tark etish mumkin bo'lgan Krishtianu Ronaldu o'rniga nomzod deya hisoblamoqda.
Eslatib o'tamiz, Neymar “PSJ”ga o'tgan yilning avgust oyida 222 million evro evaziga “Barselona”dan o'tgandi va dunyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylangan.