"Real Madrid" yangi mavsumga jamoani jiddiy tarzda o'zgartirishga bel bog'lagan. Jamoaning ushbu mavsumda ko'rsatayotgan omadsiz o'yinlaridan so'ng Florentino Peres bunday qaror qabul qilishga majbur bo'ldi.
Peres yozgi transferlarga 300 mln yevro ajratib qo'ygan, albatta bu summaga futbolchilarni sotishdan tushadigan pullar kiritilgani yo'q. Marca nashri xabariga ko'ra yozda jamoani Krishtianu Ronaldu tark etishi kutilmoqda.
Madridliklarning asosiy maqsadi esa "PSJ" forvardi Neymar bo'lib turubdi.
La Liga: 21-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring