Parijning "PSJ" klubi Neymarni yozda jamoani tark etish shartlarini e'lon qildi.
Fransuz jamoasi prezidenti Nosir Al-Xelayfi braziliyalik futbolchini faqat Chempionlar Ligasini yutganidan so'ng qo'yib yuborishga rozi bo'lishini aytib o'tadi.
25 yoshli hujumchi mavsum yakuniga yetgacha Ispaniyaga qaytishni xohlamoqda va albatta bu klub "Barselona" emas "Real Madrid" bo'ladi, deya xabar beradi Goal.com nashri.
"Real" ham o'z navbatida Neymar uchun kurashmoqda va buning uchun Krishtianu Ronaldudan ham voz kechishga tayyor. Eslatib o'tamiz, sobiq "Barsa" futbolchisi avgustda 222 mln yevro evaziga "PSJ" tarkibiga borib qo'shilgan edi.