Kechagi mag'lubiyatdan so'ng "Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan press-konferensiyada ishtirok etdi.
"Birinchi uchrashuvda g'alaba qozonganimizdan so'ng, uchrashuvni bugungidek boshlamasligimiz kerak edi. Xaqqoniy natija, chunki raqiblar o'z futbolini ko'rsatishdi. Men javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman. Hozir natijadan juda ham xafaman, lekin ertaga yangi kun endi shanba kungi o'yin haqida bosh qotirishimiz kerak."
Chempionlar Ligasida haqida:
"Biz bir musobaqani boy berdik va La Ligada og'ir vaziyatdamiz. Bizning mavsum oldi maqsadlarimiz boshqacha edi. Hammasi biz o'ylagandek bo'lmadi va endilikda biz "PSJ" qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni boshlaymiz."
Jamoa haqida:
" Men bu natijalarni hammasini bo'ynimga olaman. Futbolchilardan g'azablanmayman, ular harakat qilishadi. Biz barchamiz natijalarga javobgarmiz, biroq hammasidan ko'ra men. Buning yechimi qat'iy ish olib borishdadir. Men natijalarni unitib har doimgidek mashg'ulot o'tashga kirashaman."
"PSJ" haqida:
"Men tezda qaror qabul qilishim kerak. Biz bu vaziyatdan chiqib ketish yo'lini topishimiz zarur. Jamoamning foydasi uchun kurashaman."
Beyl va Ronaldu haqida:
"Men qarorimdan afsusda emasman. Bu futbolchilar dam olishi kerak edi."
Mavsum haqida:
"Bilmadim, bu "Madrid"da so'nggi yilalrdagi eng yomon natijadir. Mavsum hali yakunlanmadi."