«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning natijalaridan norozi bo'lmoqda. Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" kecha oqshom "Leganes"ga yutqazib qo'yib, Ispaniya kubogi musobaqasidan chiqib ketdi.
Express tarqatgan xabarga ko'ra, portugaliyalik futbolchi kechagi bahsdan keyin bir qator futbolchilarni ayblagan. Jumladan, Krishtianu darvozabon Kiko Kasilya, himoyachi Ashraf Hakimiy va yarim himoyachi Markos Lorentega o'z e'tirozlarini bildirgan.
Ronaldu Peresga murojaat qilib, ushbu futbolchilarni "bir yoqlik" qilishni talab qilgan. Portugaliyalik futbolchining o'zi "Leganes"ga qarshi o'yinda ishtirok etmadi.