Ispaniyaning Cadena Ser nashri xabariga ko'ra "Madrid" De Xea agenti Jorje Mendesh bilan uchrashuv o'tkazmoqchi. Bunga asosiy sabab darvozabonni madridliklar safiga jalb etish.
Ispaniyalik darvozabonning narxi Madridliklarga 100 mln yevroga tushishi mumkin, shuningdek, transferga Kiko Kasilya ham aralashtirilishi ko'zda tutilgan. Xuddi 2015-yildagi kabi, o'shanda "Real" "MYU"ga 30 mln yevro + Keylor Navasni taklif qilgan edi.