Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “qirollik klubi”nnig “Leganes”dan mag'lubiyatga uchrab, Ispaniya kubogidan chiqib ketganidan g'azab otiga mingan.
Ronalduning o'zi mazkur uchrashuvni yuzidagi jarohati sabab, o'tkazib yubordi. Ammo portugaliyalik futbolchi jamoadoshlari Kiko Kasilya, Ashraf Hakimi va Markos Lorentening o'yinlarini tanqid qilgan.
Har uch futbolchi ham “Leganes”ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushishgan va jamoaga foyda keltira olishmagan.
Mish-mishlarga ko'ra, Krishtianu klub prezidenti Florentino Peresda bu futbolchilarga jazo berishini talab qilgan.
Shunday qilib, “Real” mavsumning qolgan qismida EChL g'olibligi uchun PSJ bilan kurashishiga to'g'ri keladi. Parijliklarga qarshi uchrashuv murabbiy Zineddin Zidan uchun hal qiluvchisi bo'lishi mumkin.