"Real" sardori Serxio Ramos Ispaniya kubogi chorak finalining javob uchrashuvida "Leganes"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida gapirdi.
"Buni sharmandalik deya olmayman - bu "Leganes"ga nisbatan hurmatsizlik bo'lar edi. Biz har doim bunday natijalarga ma'sulmiz.
Mag'lubiyat jismoniy holatimizga bog'lik emas, jamoa yaxshi ishlayapti. Bu kun murabbiyimiz Zidan uchungina emas, hamma uchun qayg'uli kun bo'ldi", - deydi Ramos.