"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal jamoasining Ispaniya chempionligini qo'lga kirita olishiga ishonmayapti.
"Real" Ispaniya kubogida "Leganes"ga yutqazib, musobaqadan chiqib ketdi.
"Juda xafamiz, bu alamli mag'lubiyat. Uyimizda hatto durangga ham erisha olmadik. Raqib o'zining g'oliblik sifatini namoyish eta oldi. Ammo jamoamiz butun o'yin davomida g'alaba qozonishga harakat qildi. Endi to'g'risi, bizga faqat chempionlar ligasi qoldi", - deydi Karvaxal.