Neymar bugun Fransiya kubogi doirasida "Gengam"ga qarshi bo'ladigan uchrashuvni sog'ligi sababli o'tkazib yuboradi, ammo xabarlarga ko'ra futbolchi har doim ham maydonga tushishni xohlayotgani yo'q.
AS nashrining xabariga ko'ra Neymar Parijda zerikgan va ortga Ispaniyaga qaytishni rejalashtirmoqda. Braziliyalik futbolchi "Dijon"ga qarshi uchrashuv paytida muxlislar tomonidan xushtakbozlikga duchor bo'ldi. O'sha uchrashuvda Neymar 4 ta gol kiritib, 2 ta golga assistentlik qilgan edi. Ma'lumot uchun, Neymar Fransiya chempionatida 16 ta o'yinda maydonga tushib 16 ta gol va 13 ta golga assistentlik qilgan.
Xabarlarga ko'ra, Neymar Ispaniyaga qaytadigan bo'lsa bu jamoa albatta Madridning "Real" klubi bo'ladi.