«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl qishki transfer paytida katta ehtimol bilan o'z jamoasida qoladi.
Sport Bild tarqatgan xabarga ko'ra, «Bavariya» rahbariyati uelslik futbolchini xarid qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqqan, ammo Garetning narxi haddan tashqari qimmat ekani ularga yoqmagan.
«Real» Beyl uchun kamida 200 mln evro so'ramoqda, «Bavariya» bunday summani to'lamoqchi emas. Myunxenliklar ushbu transferga keyinroq yana qaytishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan. Uning tovon puli 500 mln evroni tashkil qiladi.