"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl qishki transferlar chog'ida klubdan ketmaydi.
Sport Bild xabariga ko'ra, "Bavariya" rahbariyati uelslik futbolchini haqiqatan ham qo'shib olishni ko'zlaganlar ammo uning narxini o'ta yuqori deb hisoblamoqdalar.
"Real" futbolchisi uchun kamida 200 million evro talab qilmoqda, "Bavariya" esa ayni paytda bu miqdordagi pulni sarflashga tayyor emas. Ammmo myunxenliklar Beyl variantiga keyinroq qaytmoqchilar.
28 yoshli futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi, uning tovon puli 500 million evro qilib belgilangan.