"Real" hujumchisi Alvaro Morata hozircha kelajagi borasida bir to'xtamga kelgani yo'q. Bu haqida futbolchining ukalaridan biri ma'lum qildi, deya xabar beradi AS.
Xabarga ko'ra, Morata 3 iyun kuni EChL finalida "Yuventus" bilan uchrashuvdan so'ng bir qarorga keladi.
Avvalroq, madridliklar ustozi Zinedin Zidan Morata bilan bir necha marta suhbatda bo'lib, jamoada qolishgan undagani xabar qilingan edi.