“Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan OAV “Atletik” darvozaboni Kepa Arrisabalaganing Madridga transferi amalga oshmaganiga sababchi qilib ko'rsatayotganidan jahli chiqdi.
Eslatib o'tamiz, transfer amalga oshmay qolib ketdi. Aytishlaricha, aynan Zidan “Real” prezidenti Florentino Peresga Kepani sotib olish kerak emasligini uqtirgan.
“Meni ko'pincha “Zidanning ko'zi to'yib qolibdi” qabilidagi so'zlar bezovta qiladi. Faqat “Real” futbolchilari haqida o'ylayman. “Real”da o'ynamaydigan futbolchilar haqida gapirishni umuman istamayman. Men uchun ko'proq o'z jamoam futbolchilari muhimroq hisoblanadi. Vazifam ularni himoya etish. Shuning uchun aytaman, Kepaning Madridga kelishiga qarshi emasdim”, - dedi Zidan.