Ispaniya chempionatining 20-tur doirasida “Real” hamda “Deportivo” jamoalari o'ratsidagi uchrashuv vaqtida madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu yuzidan jarohat oldi.
Ma'lumki, Ronalduning aynan shu vaziyatda klub shifokorining telefonini olib jarohati qanday ekanini ko'rdi. Biroq uning harakatlari ayrim muxlislarga yoqmadi va tezlik bilan tanqid toshlari otilib ketdi.
“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchi noto'g'ri ish qilmaganini aytib o'tdi.
“Odamlar nima deyishadi, buni biz nazorat qila olmaymiz. U shunchaki telefonni nima bo'lganini ko'rish uchun oldi. Qoshi yorilgan vaziyatni ko'rgisi keldi. Bo'ldi shu. Bu erda qo'rqadigan yoki gapiradigan holat emas.
Ronaldu shunchaki o'yinni javom ettira olishi mumkinligini bilmoqchi bo'ldi. Ronaldu bu haqda menga kiyinish xonasida aytdi. Yorilgan yuzni tiktirdi va bugun mashg'ulotlarda qatnashdi. Uning axvoli joyida”, - dedi Ronaldu.
O'zi nima bo'lgandi?